Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chim ustida xokkey federatsiyasida lavozim saylovi amalga oshirildi

Chim ustida xokkey federatsiyasida lavozim saylovi amalga oshirildi

2020 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Qosimov Oybek boshchiligida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda federatsiya a’zolari, sportchilar xamda sport mutasaddilari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi va Bosh kotibini qayta saylash masalasi ko‘rsatilib o‘tildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Axmedov Baxodir Majitovichni O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi, Yuldashev Sunnat Turabayevichni esa O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi Bosh kotibligiga bir ovozdan ma’qulladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axmedov Baxodir xamda Yuldashev Sunnatga kelgusi faoliyati davomida omad va ulkan muvaffaqiyat tilab qoladi.⠀

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring