Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiptalar 100 ming dollardan sotilgan o‘yinda Karim Abduljabbor «taxtni topshirdi»

Chiptalar 100 ming dollardan sotilgan o‘yinda Karim Abduljabbor «taxtni topshirdi»

Karim Abduljabbor va Bryus Li.

Foto: YouTube

«Los-Anjeles Leykers» hujumchisi Lebron Jeyms Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning rekordini yangilab, ochko to‘plash borasida Karim Abduljabbordan o‘zib ketdi.

Lebron Jeyms

38 yoshli Jeyms «Oklahoma-Siti Tander»ga qarshi uy uchrashuvida rekordni yangiladi.

Karim Abduljabbor ham «Leykers» sharafini himoya qilgan, uning hisobida 38387 ochko bor edi. Lebron Jeyms esa so‘nggi o‘yindan so‘ng NBA dagi o‘yinlari davomida 38390 ochko to‘pladi.

Qizig‘i, ushbu rekord kutilayotgan o‘yin chiptasi narxi 100 ming dollargacha chiqib ketgandi.

Rekord o‘rnatilishi bilan o‘yin to‘xtatib turildi. Tanaffus paytida maydonga sportchining oila a’zolari, liga komissari Adam Silver hamda 75 yoshli Karim Abduljabbor chiqib kelishdi va ramziy ma’noda bastketbol to‘pini Lebron Jeymsga topshirishdi.

Basketbolning o‘ziga xos «Pele»si sanalgan Karim Abduljabbor bizga ko‘proq afsonaviy Bryus Lining «O‘lim bilan o‘ynashuv» filmidagi jang sahnasi orqali yaxshi tanish.

Rekordga qaramasdan, «Los-Anjeles» o‘yinni 130:133 hisobida boy berib qo‘ydi. Lebron esa jami 38 ochko to‘plab, uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring