Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CIES reytingiga Messi va Ronaldu kiritilmadi, Mbappe — uchinchi o‘rinda

CIES reytingiga Messi va Ronaldu kiritilmadi, Mbappe — uchinchi o‘rinda

CIES Football Observatory tadqiqotlar kompaniyasi jahonning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzdi.

Qizig‘i, ushbu top-100 reytingga «PSJ» forvardi Lionel Messi va «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritilmadi.

Reytingni Angliya terma jamoasi va «Borussiya» (Dortmund) yarimhimoyachisi Jud Bellingem boshqaryapti. Uning transfer qiymati €208,2 mln.ga baholandi.

Jud Bellingem

Ikkinchi o‘rinda yana bir ingliz, «Manchester Siti» futbolchisi Fil Fodenni CIES Football Observatory €200,5 millionga baholadi.

Fil Foden

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transfer qiymati — €191,7 mln.

Kilian Mbappe

Yetakchi beshlikda, shuningdek, Vinisius («Real», €190,5 mln) va Erling Holand («Manchester Siti», €174,9 mln).

Transfermarkt portalining yozishicha, hozirgi bozor qiymatiga ko‘ra, Lionel Messi — €50 mln, Krishtianu Ronaldu — €20 mln turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring