Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deyarli barcha davlat idora va tashkilotlarida kamida 3 tadan sport klublari tashkil qilinadi

Deyarli barcha davlat idora va tashkilotlarida kamida 3 tadan sport klublari tashkil qilinadi

Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

Bu borada Prezidentning «Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-421-son qarori qabul qilindi.

Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida «Rahbar kubogi», mahalliy hokimliklar kesimida «Hokim kubogi» musobaqalari o‘tkazib boriladi.

Quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish;
  • tadbirkorlik sub’yektlari sport klublari o‘rtasida «Korporativ sport o‘yinlari» sport musobaqasini o‘tkazib borish.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

  • «Maktab ligasi»;
  • «Talabalar ligasi» va «Oliy ta’lim kubogi»;
  • «Rektor kubogi».
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring