Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyora Keldiyorova besh karra chempionga aylandi

Diyora Keldiyorova besh karra chempionga aylandi

Dzyudochi Diyora Keldiyorova – 5 karra «Katta dubulg‘a» turniri g‘olibiga aylandi. 

Boku «Katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bu Keldiyorovaning «Katta dubulg‘a» musobaqalaridagi beshinchi oltin medali bo‘ldi. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu g‘alaba kelasi hafta Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring