Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri Xose Venansio Lopes O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa’y-harakatlar olib borilyapti.

Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘FA rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok egasi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring