Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi diskvalifikatsiya qilindi

Dunyoning sobiq birinchi raqamli raketkasi diskvalifikatsiya qilindi

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep antidoping qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro tennisda haqqoniylikni ta’minlash agentligi (ITIA)xabar berdi.

31 yoshli ruminiyalik ayolga ikki xil modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Birinchisi, 2022-yilgi AQSh ochiq chempionatida taqiqlangan roxadustat moddasi uchun dori-darmon sinovining salbiy natijasi bilan bog‘liq. Ikkinchi ayblov sportchining biologik pasportidagi ko‘rsatkichlarning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq.

«Katta dubulg‘a» turkumiga musobaqalarning ikki karra chempioni Xalep 2022-yilning oktyabr oyidan buyon musobaqalardan chetlashtirilgandi.

Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisining diskvalifikatsiya muddati 2026-yilning 6- oktyabrida tugaydi. Qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring