Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi
![Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi Italiyaga mag‘lub bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/3/1/720_460_95_3182514561.jpg)
Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha chorak final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Italiya bilan bellashgan O‘zbekiston terma jamoasi hisobda oldinda borayotib ustunlikni boy berib qo‘ydi.
Dastlab, Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) Manuel Lombardoni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bo‘lib tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyazova Savita Russodan ustun keldi.
Uchinchi bahsda Davlat Bobonov so‘nggi soniyada Kristian Parlatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi: 2:1.
Navbatda bahsga chiqqan Irisxon Qurbonboyeva hamda Alisher Yusupovlar ham mag‘lubiyatga uchrashdi. Hisob – 2:3.
Hal qiluvchi bahsda Shukurjon Aminova vaziyatni o‘zgartira olmadi va jamoa 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Endi o‘zbekistonliklar bronza uchun o‘tish turnirida qatnashadi. Unda Janubiy Koreya raqib bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter