Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL finali uchun chiptalar sotuvga chiqdi

YeChL finali uchun chiptalar sotuvga chiqdi

UYeFA chempionlar ligasi final uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chiptani faqat UYeFA rasmiy saytidan sotib olish mumkin, sotuvlar 28 aprelga qadar davom etadi.

Odatdagidek finalga chiqqan jamoa muxlislari uchun ko‘proq chipta ajratiladi. 28 may kuni «Stad-de-Frans» stadionida bo‘lib o‘tadigan final o‘yini uchun 75 mingta chipta ajratilgan. Finalchilar muxlislari uchun 40 mingta alohida ajratilgan: har bir klub fanatlariga 20 mingtadan.

Chiptalar hech qanday navbatlarsiz, inson omilisiz sotiladi. Vaqtida berilgan arizalar keyinroq qur’a tashlash orqali sotiladi. Keng omma uchun chiqarilgan chiptalar narxlari quyidagicha: 4-kategoriya — €70; 3-kategoriya — €180; 2-kategoriya — €490; 1-kategoriya — €690; nogironlar uchun — €70.

Yevropa ligasi finali uchun ham chiptalar sotuvi shu tariqa amalga oshiriladi. Narxlar: 4-kategoriya — €40; 3-kategoriya — €65; 2-kategoriya — €100; 1-kategoriya — €150; nogironlar uchun — €40.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring