Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChLning bir necha o‘yinlari muxlislarsiz o‘tadi

YeChLning bir necha o‘yinlari muxlislarsiz o‘tadi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi yana kuchaygani sababli Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turidagi bir necha o‘yinlar muxlislarsiz stadionlarda o‘tkaziladi.

Bild nashrining xabar berishicha, hozircha Germaniya, Niderlandiya va Avstriyadagi o‘yinlarga tomoshabinlar kiritilmaydi. Xususan, «Bavariya» - «Barselona», «Leypsig» - «Manchester Siti», «Ayaks» - «Sporting», «Zalsburg» - «Sevilya».

Shuningdek, ayrim o‘yinlar neytral maydonda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, «Manchester Yunayted» va «Yangi boys» o‘rtasidagi bahs. Agar o‘yin Manchesterda bo‘lib o‘tsa ham, mehmonlar Shveysariyaga qaytgach, 10 kunga karantinga olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring