Eldor Shomurodov — «Istanbul Bashakshehir» futbolchisi

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Eldor Shomurodov transferini rasman e’lon qildi. Eldor turk klubida hozircha ijaraga asosida to‘p suradi.
Ijara qiymati — 3 mln yevro. Istanbul jamoasi o‘zbekistonlik futbolchini 2,7 mln yevro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, shartnomada Shomurodovning keyinchalik sotilishidan «Roma» 10 foiz ulushga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasi sardori bir yilga uzaytirish huquqi bilan ikki yillik shartnoma imzolashi xabar qilingandi.
Eldor o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun: «Istanbul Bashakshehir» o‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 5-o‘rinni egallagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter