Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov «Kalyari» klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin – OAV

Eldor Shomurodov «Kalyari» klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin – OAV

Italiya nashrlari Eldor Shomurodovning A Seriyaga qaytgan «Kalyari» klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tishga yaqinligi haqida yoza boshladi.

«Roma» Eldor Shomurodovning «Kalyari»ga vaqtinchalik transferini yakunlamoqda», – deb yozmoqda Romapress nashri.

Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, Shomurodov allaqachon «Kalyari» bilan kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, «Roma» va Sardiniya klubi o‘rtasidagi kelishuv yakuniy bosqichda va yaqin soatlarda muvaffaqiyatli yakunlanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring