Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Eldor Shomurodov milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchi sifatida qayd etildi.

U Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi kubogi doirasida kechgan O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvda 2 ta golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Shlmurodovning milliy terma jamoa safida urgan gollari hisobi 36 taga yetdi va bu borada uzoq vaqtdan beri 34 ta goli bilan birinchilikni saqlab kelgan Maksim Shatskixni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov milliy terma jamoa safida 2015-yil 3-sentyabrda debyut qilgan va hozirga qadar 64 ta o‘yin o‘tkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring