Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ko‘proq futbolchi jahon chempioni bo‘lishi mumkin

Endi ko‘proq futbolchi jahon chempioni bo‘lishi mumkin

Foto: AP

Xalqaro futbol federatsiyasi jahon chempionati (Qatar–2022) arafasida terma jamoalarga tarkibdagi o‘yinchilar sonini ko‘paytirish imkonini berdi. Endi har bir jamoa oldingidek 23 nafar emas, balki 26 nafar futbolchi bilan mundialga borishi mumkin.

FIFA matbuot xizmatiga ko‘ra, jamoalarning kengaytirilgan tarkiblariga ham o‘zgarish kiritildi. Endi unga 35 nafar o‘rniga 55 nafargacha futbolchini qo‘shsa bo‘ladi.

Zaxira o‘rnidig‘ida o‘tiruvchilar soni ham o‘zgargan: har bir terma jamoa delegatsiyasi 26 kishidan iborat bo‘ladi: 15 nafar zaxira o‘yinchisi va 11 nafar rasmiy shaxs.

Eslatib o‘tamiz, Qatar maydonlarida jahon chempionati 18-noyabrdan 21-dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring