Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston rekordi Jenevada yangilandi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston rekordi Jenevada yangilandi

Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletika bo‘yicha tashkil etilgan «Atletica Geneve – EAP» turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov munosib natijaga erishdi.

Hamyurtimiz turnirning uzunlikka sakrash dasturida yangi O‘zbekiston rekordini qayd etdi. Aytish lozim, mazkur rekord 1985 yildan beri o‘zgarmay kelayotgandi. Anvarov esa ushbu to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan «bronza» darajasidagi ushbu musobaqada Anvarov 8.22 metr natijaga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich Buxoro sport maktabi tarbiyalanuvchisi Anvarovga musobaqaning oltin medalini tuhfa qildi.

O‘z navbatida ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Kuba hamda Gonkong terma jamoasi a’zolariga nasib qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring