Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yengil atletikachilarimiz ilk marotaba Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘lishdi

Yengil atletikachilarimiz ilk marotaba Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘lishdi

Foto: Olympic.uz

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza — jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu bilan yoshlarimiz ilk bor qit’a chempionatida ikkinchi natijani qayd etishdi.

Foto: Olympic.uz

Musobaqaning so‘nggi kunida quyidagi medallar qo‘lga kiritildi:

Oltin medal:

  • Jahongir Jo‘raboyev (o‘nkurash)

Kumush medal:

  • Timur Nasimov (3 000 metr)

Bronza medal:

  • Ruslan Sa’dullayev (nayza uloqtirish)
  • Asilbek To‘xtamurodov (3 000 metr).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring