Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Everton» Uolkot bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi

«Everton» Uolkot bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi

«Everton» rasmiy sayti

«Arsenal» klubi yarim himoyachisi Teo Uolkot rasman «Everton» bilan shartnoma imzoladi.

28 yoshli ingliz futbolchisi yangi jamoasi bilan 3,5 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Uning transfer narxi 20 million funtga baholandi.

Futbolchining maoshi esa o‘zgarmagan. U xuddi «Arsenal»dagi kabi haftasiga 110 ming funt oladi.

«Men jamoani yangi darajaga ko‘tarishga o‘z hissamni qo‘shishni istayman. O‘z faoliyatimda yangi qadam tashlaganimdan mamnunman va o‘ylaymanki, «Everton» men uchun eng ma’qul joy.

Bu klub buyuk tarixga ega. Jamoa muxlislari ham o‘z suyuklilarini hamisha qo‘llaydi. «Gudison park»da o‘ynash hamisha qiyin.

Bizning murabbiyimiz g‘alabaga juda tashna va aynan shuning uchun men shu yerdaman», – dedi Uolkot.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring