Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2022. 1/4 final: qozoqlar ukrainlarga qarshi, gruzinlar ruslar bilan kuch sinashadi

Yevro-2022. 1/4 final: qozoqlar ukrainlarga qarshi, gruzinlar ruslar bilan kuch sinashadi

Foto: «UEFA.com»

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan Yevropa mini-futbolu (futzal) bo‘yicha chempionatida (Yevro-2022) guruh o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

1/4 finalga eng oxirgi bo‘lib Ispaniya va Gruziya terma jamoalari chiqdi.

«S» guruhida Polsha ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongan Rossiya birinchi o‘rinni egalladi. Slovakiyalik futzalchilar so‘nggi o‘yinda xorvatlarni 5:3 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

«D» guruhi sensatsiyalarsiz o‘tdi: qit’a sobiq chempionlari — ispanlar so‘nggi turda gruzinlarni taslim etib (8:0), kutilganidek guruh peshqadamiga aylanishdi. Gruzinlar avvalgi o‘yinlardagi yaxshi natijalari evaziga ikkinchi bo‘lishdi. Hech narsani hal qilmaydigan Ozarbayjon – Bosniya va Gersegovina o‘yinida qardoshlarimiz g‘alaba qozonishdi — 4:2.

1/4 final juftliklari

  • Portugaliya – Finlyandiya
  • Qozog‘iston – Ukraina
  • Rossiya – Gruziya
  • Ispaniya – Sloveniya

O‘yinlar 31-yanvar va 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring