Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024: finalga qaysi shahar mezbonlik qilishi aniq bo‘ldi

Yevro-2024: finalga qaysi shahar mezbonlik qilishi aniq bo‘ldi

Foto: UEFA

UEFA 2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi Germaniyadagi shaharlar jadvallarini e’lon qildi.

Yevropa chempionati o‘yinlarini «Bavariya»ning Myunxendagi uy stadioni — «Alyans-Arena» ochib beradi.

Berlin shahridagi Olimpiya stadioni esa 2024-yildagi o‘yinlar finaliga mezbonlik qiladi.

Tashkilotchilar Yevro-2024 ni uch klasterga taqsimlashdi: «Shimol/Shimoli-Sharq» (Berlin, Gamburg, Leypsig), «G‘arb» (Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Gelzenkirxen, Kyoln) va «Janub» (Frankfurt, Myunxen, Shtutgart).

Klasterlar jamoalar va muxlislarning chempionat o‘tkaziladigan shaharlar bo‘ylab qatnovini qulaylashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyadagi Yevropa chemponati 2024-yilning 14-iyunidan 14-iyuliga qadar o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring