Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Portugaliya turnir bilan xayrlashdi, Fransiya — yarimfinalda

Yevro-2024. Portugaliya turnir bilan xayrlashdi, Fransiya — yarimfinalda

Foto: RBK

Germaniyadagi Yevropa chempionati ikkinchi chorakfinal bahsi Portugaliya va Fransiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning asosiy vaqtida va ekstrataymlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida Feliksning xato zarbasi fransuzlarga g‘alaba keltirdi.

Yevrolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu Germaniyadagi turnirni golsiz tark etdi.

Fransiya 9-iyul kuni yarimfinalda Ispaniya bilan to‘qnash keladi.

Yevro-2024. 1/4 final

Portugaliya — Fransiya 0:0

Penaltilar seriyasi — 3:5.

5-iyul, «Folkparkshtadion»

Portugaliya: Koshta, Kanselu (Semedu, 74), Pepe, Diash, Mendesh, Fernandesh (Konseysau, 74), Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 90+2), Vitinya (Nunesh, 119), Leau (Feliks, 106), Ronaldu.

Fransiya: Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Chuameni, Kamavinga (Fofana, 91), Grizmann (Dembele, 67), Mbappe (Barkolya, 106), Kolo-Muani (Tyuram, 86).

Ogohlantirishlar: Palinya (79), Saliba (84).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring