Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasi. «Chelsi» safarda «Ayntraxt»ni yenga olmadi, «Arsenal» «Valensiya»dan ustun keldi

Yevropa ligasi. «Chelsi» safarda «Ayntraxt»ni yenga olmadi, «Arsenal» «Valensiya»dan ustun keldi

Foto: «Uff.uz»

Yevropa ligasi yarim finalida «Chelsi» klubi safarda «Ayntraxt»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etildi.

E’tiborli tomoni, uchrashuvda favorit sifatida ko‘rilgan londonliklar mana shu durang natija uchun ham ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi. 23-daqiqada frankfurtliklar safida Luka Yovich gol kiritgan bo‘lsa, 45-daqiqada Pedro hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi va hisob saqlanib qoldi.

«Arsenal» esa o‘z maydonida «Valensiya»dan 3:1 hisobida ustun keldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Muxtor Diabi gol urib, «Valensiya»ni oldinga olib chiqdi.

Ammo keyinchalik Aleksander Lyakazettning ikkita va Per-Emerik Obameyangning bitta goli evaziga «Arsenal» irodali g‘alabaga erishdi. Endi final taqdiri javob uchrashuvlarida hal bo‘ladi.

Yevropa Ligasi
1/2 final, ilk bahs
«Ayntraxt» – «Chelsi» – 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 23 Yovich, 1:1 – 45 Pedro.
«Ayntraxt»: Trapp, Xinteregger, Falett, da Koshta, Abraam, Fernandes (Gonsalu Pasiyensiya, 73), Xasebe, Gachinovich, Rode, Kostich, Yovich.
«Chelsi»: Arrisabalaga, David Luiz, Emerson, Aspilikueta, Kristensen, Loftus-Chik (Kovachich, 83), Jorjino, Pedro, Kante, Villian (Azar, 61), Jiru.
Ogohlantirishlar: Kristensen (19), Xasebe (58), Fernandes (61).

«Arsenal» – «Valensiya» – 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Diakabi, 1:1 – 18 Lyakazett, 2:1 – 25 Lyakazett, 3:1 – 90 Obameyang.
«Arsenal»: Chex, Papastatopulos, Kolashinats, Mustafi, Koselni (Monreal, 82), Meytlend-Naylz, Genduzi (Torreyra, 58), Ozil (Mxitaryan, 75), Djaka, Obameyang, Lyakazett.
«Valensiya»: Neto, Ronkalya, Garay, Gabriel, Diakabi, Gedesh (Gameyro, 71), Soler (Vass, 71), Pichchini, Parexo, Gayya, Rodrigo (Santi Mina, 88).
Ogohlantirishlar: Diakabi (31), Parexo (70).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring