Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning 2020-yildagi eng qimmat futbol klublari (top-32)

Yevropaning 2020-yildagi eng qimmat futbol klublari (top-32)

Foto: «AS English»

«Statista» Yevropaning 2020-yildagi eng qimmat futbol klublari reytingini tuzdi.

Ushbu ro‘yxatning eng tepasidagi o‘nlikdan biron-bir klubni xarid qilish uchun kamida 1,8 mlrd. yevro kerak bo‘ladi. «Real Madrid» Yevropadagi eng qimmat futbol klubi — salkam 3,5 milliard yevro.

Angliya klublari maydondan ko‘ra tashqarida yaxshiroq natija qayd etayotganini ko‘rish mumkin: top-10dagi naq olti jamoa — «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi», «Tottenhem», «Arsenal».

Roman Abramovichning «Chelsi»si 2,2 mlrd. yevroga baholangan. 2003-yili rus oligarxi shu jamoani 140 mln. funt sterling (158 mln. yevro)ga sotib olgandi. 17 yil davomida jamoa qiymati 10 baravardan ko‘proq oshdi. Mabodo qaysidir milliarder «Milan»ni emas, «Vesthem»ni tanlasa, hech ham ajablanmang.

 

«Statista» reytingida jami 32 jamoa keltirilgan, eng yuqoridagisini aytdik, eng quyidagisi esa «Vilyarreal» (301 mln. yevro) — «Real»dan 11,5 baravar, «Arsenal»dan 6,1, «Roma»dan 2 marta arzon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring