Fayzullayev va Husanovning narxi oshdi
«Transfermarkt» portali Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning narxini yangiladi. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi o‘sishga erishdi.
Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning narxi 1 million yevroga yuqorilab, 5 millionga yetdi. «Lans» safida harakat qilayotgan Abduqodir Husanovning narxiga 500 ming yevro qo‘shildi va 2 millionga yetdi.
«Nasaf» himoyachisi Zafarmurod Abdurahmatovning narxi esa 500 ming yevroga (+150 ming) yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter