FIDEning «yuztaligi»da 3 nafar o‘zbekistonlik qayd etildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2023-yilning ilk oyida FIDEning 100 nafar eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu reytingdan 3 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ham joy oldi.
Jumladan, Nodirbek Abdusattorov 2 713 ochko jamg‘argan holda 30-qatorda qayd etilgan bo‘lsa, Rustam Qosimjonov 2 678 ochko bilan 61-o‘rinda ko‘rinish berdi. Shuningdek, yana bir Javohir Sindorov 2 654 ochkoga ega bo‘lgan holda ro‘yxatning 94-pog‘onasini band etib turibdi.
Reytingning eng yuqori qismida niderlandiyalik Magnus Karlsen(2 859), xitoylik Lijen Din (2 811), rossiyalik Yan Nepomnyaщiy (2 793), Fransiya sharafini himoya qilayotgan Aliriza Firudja (2 785), AQSh bayrog‘i ostida o‘ynayotgan Xikaru Nakamura (2 768) kabi shaxmatchilar borishmoqda.
Shuningdek, FIDE e’lon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rindan, Javohir Sindorov 9-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, yosh qizlarning yuztalik ro‘yxatida iste’dodli shaxmatchi qiz Umida Omonova (2 155) 65-o‘rinda, Afro‘za Hamdamova (2 143) 72-o‘rinda qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter