FIFA nojo‘ya harakati uchun Ispaniya futboli rahbarini diskvalifikatsiya qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tartib-intizom qo‘mitasi Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubialesni 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoa a’zosini o‘pib olgani uchun lavozimidan chetlatdi. Bu haqda FIFA saytida xabar berildi.
Diskvalifikatsiya muddati 90 kun. U 26 avgustdan kuchga kiradi va amaldorga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgunga qadar davom etadi. Shuningdek, u bo‘sa olgan futbolchi Xeniver Ermosoga yaqinlashishi ham taqiqlangan.
24 avgust kuni FIFA Rubialesga turnirdagi voqea tufayli intizomiy ish ochgan edi. Keyinroq ispaniyalik sobiq futbolchi Ana Romero uni federatsiyani tark etishga undagan.
Taqdirlash marosimida Rubiales Ispaniya terma jamoasi sardori Ermosoga medal taqib, futbolchidan beruxsat bo‘sa olgan. Bu ommaviy axborot vositalari va ispan siyosatchilarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Janjaldan keyin Rubiales uzr so‘radi va buni yomon niyatsiz qilganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter