FIFA Indoneziyani U-20 Jahon chempionati mezbonligidan mahrum qildi

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati Indoneziyada o‘tmaydigan bo‘ldi.
FIFA yangi mezbon nomi tez orada e’lon qilinishi va turnir sanasi (20 maydan 11 iyungacha) o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi. Indoneziyaga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar ham keyinroq e’lon qilinadi.
Chempionatning Indoneziyada o‘tmasligiga mamlakat aholisi musobaqada Isroil jamoasining ishtirok etishidan norozi bo‘lgani, ayrim shaharlar rahbarlari bu mamlakat futbolchilarini o‘z hududiga kirgizmasligini aytgani sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi mazkur jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter