Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Florensiya futboli: o‘yin desa o‘yinga, urush desa urushga o‘xshamaydi (foto)

Florensiya futboli: o‘yin desa o‘yinga, urush desa urushga o‘xshamaydi (foto)

Foto: «News6»

Florensiya — nafaqat dunyo san’ati poytaxti, balki jahonga mashhur Dante va Italiya adabiy tili vatani hamdir. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ana shu madaniy poytaxtda dunyodagi eng qo‘pol sport turlaridan biri asrlar osha o‘ynalib kelinadi.

Florensiyacha kalcho — zamonaviy regbi va futbolni o‘zida jamlagan, faqat bunda to‘p bilan muomala qilish mahorati emas, mushtumzo‘rlik ustun.

(Diqqat! E’tiboringizga havola etilayotgan suratlar ayrimlarga noxush tuyulishi yoki kimlarnidir qo‘rqitib yuborishi mumkin!)

Florensiya kalchosi haqidagi dastlabki qo‘lyozmalar XIV-asrga borib taqaladi. Kliment VII, Kliment VIII va Lev XI singari Rim papalari baquvvat jangchilar bo‘lishgan. Aytishlaricha, kalcho tarixi Rim imperiyasi davrlaridan ma’lum. Legionerlar mashg‘ulotining bir qismi o‘yindan iborat bo‘lgan. U «l Harpastum» deb atalib, «kuch bilan sug‘urib ol» deya tarjima qilinadi. Qadimgi zamonlarda askarlar jamoalarga bo‘lingan va koptokka tashlanishgan.

Hozirgi kunda legionerlarning avlodlari har yili 16—24-iyun kunlari ota-bobolardan qolgan meros — kalchoni o‘ynashadi. U Florensiya markazi orqali o‘tuvchi maskaradli parad bilan boshlanadi. Shaharning tarixiy to‘rtta kvartali o‘z jangchilarini olib chiqadi. Ularning o‘z ranglari bor: Santa-Kroche — moviy, Santa-Mariya Novella — qizil, San-Spirito — oq, San-Jovanni — yashil.

O‘yin Santa-Kroche shahar maydonida o‘tkaziladi, u yerda 50 ga 100 metr o‘lchamda qumli maydon barpo etiladi. Har biri 27 kishidan iborat ikki jamoa 50 daqiqa davomida har qanday yo‘l bilan koptokni raqib to‘sig‘idan oshirib otishga urinadi. O‘yin sport musobaqasidan ko‘ra, o‘rta asrlar jangini ko‘proq eslatadi. «Jang»dan oldin jamoalar an’anaviy ravishda jangovar tartibga saflanadi. O‘n besh kishi hujumda o‘ynaydi, beshta yarim himoyachi ularning xavfsizligini ta’minlaydi. Orqadagi himoyaga uchta himoyachi va to‘rt nafar yordamchi javob beradi.

Santa-Kroche maydonidagi o‘yin maydonchasi

  

O‘yinchilarga kurashish va mushtlashishga ruxsat berilgan. Nafaqat koptokli odamga, balki raqib jamoasining har qanday a’zosiga hujum qilish mumkin. Natijada o‘yin katta jangga aylanadi. Faqat yaqin yillardan maydonchaga shifokorlarning kirishiga ruxsat etildi: ular o‘yinni to‘xtatmagan holda maydonning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring