Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» dunyoning eng ko‘p pul ishlagan futbolchisini aniqladi

«Forbes» dunyoning eng ko‘p pul ishlagan futbolchisini aniqladi

Foto: «Sport-Ekspress»

«Barselona» sardori Lionel Messi «Forbes»ning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Argentinalik futbolchi 2020-yilda 126 million dollar daromad oldi, shundan 92 millioni maoshi, 32 millioni reklamadan tushgan.

Messining doimiy raqibi — Krishtianu Ronaldu ikkinchi o‘rinda: Portugaliya terma jamoasining 35 yoshli sardori bu yil 117 mln. daromad oldi. «PSJ» yulduzi Neymar uchinchi o‘rinda — 96 mln. dollar.

Nufuzli nashrning top-10 ro‘yxatiga shuningdek, Muhammad Saloh, Pol Pogba, Antuan Grizmann, Garet Beyl, Robert Levandovskiy va David de Xea kabi futbolchilar kirgan.

O‘tgan mavsum Lionel Messi «Barselona» safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urgan, 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring