Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Formula-1»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

«Formula-1»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

Foto: «Sport-Ekspress»

«Formula-1»ning yetti karra chempioni Lyuis Hemilton hamda turnirning amaldagi chempioni Maks Ferstappen ko‘p maosh olishda ham boshqa poygachilarni ortda qoldirishdi.

Har ikki poygachi, shartnomaga muvofiq, bir xil yillik daromadga ega.

Britaniyaning «The Independent» nashri yozishicha, Hemilton va Ferstappen 2022-yilda 40 million funt sterling ($50 mln atrofida)dan ishlaydi.

Uchinchi o‘rinda — Alpine jamoasi poygachisi Fernando Alonso (15 mln funt).

O‘nlikda, shuningdek, Lendo Norris (McLaren, 12 mln funt), Sebastyan Fettel (Aston Martin, 11 mln), Daniel Rikkardo (McLaren, 11 mln), qimmatbaho soatini o‘g‘irlatgan Sharl Lekler (Ferrari, 9 mln), Karlos Sayns (Ferrari, 7 mln), Valtteri Bottas (Alfa Romeo, 7 mln) va Lens Stroll (Aston Martin, 7 mln).

Maoshi eng kam poygachi — yaponiyalik Yuki Sunoda (Alpha Tauri), bir yilda — 364 ming 900 funt.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring