Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Formula-3»: Shumaxer ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

«Formula-3»: Shumaxer ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Foto: «Regnum.ru»

«Formula-1» yo‘nalishida yetti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning o‘g‘li — Mik Shumaxer Avstriyaning Shpilberg shahrida o‘tkazilgan «Formula-3» musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. Bu uning ketma-ket uchinchi g‘alabasidir, deya xabar berdi «Sport-Ekspress».

Mik Shumaxer o‘zidan keyingi raqibidan atigi 0,9 soniya avval marra chizig‘ini kesib o‘tdi.

Avstriyadagi musobaqagacha umumiy turnir jadvalini britaniyalik Den Tiktum («Red Bull») boshqarayotgandi, ammo u bu safar o‘ninchi bo‘ldi va hammasi o‘zgarib ketdi: Mik Shumaxer 18 ochko farq bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Mikning otasi, afsonaviy Mixael Shumaxer qator rekordlar sohibi sanaladi: g‘alabalar — 91 ta, kuchli uchlik — 155 ta, bir mavsumdagi g‘alabalar — 13 ta, ketma-ket chempionlik — 5 ta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring