Futbol agenti Mino Rayola vafot etdi

Chapda Pol Pogba va o‘ngda Mino Rayola
Italiyalik futbol agenti Mino Rayola bugun 54 yoshida uzoq davom etgan surunkali kasallikdan vafot etgan.
Rayola shvetsiyalik Zlatan Ibrohimovich, fransuz Pol Pogba va norvegiyalik Erling Holand manfaatlari uchun xizmat qiladigan futbol agenti edi
Shuningdek, u juda ko‘plab taniqli futbolchilar va murabbiylarning shov-shuvli transferlariga katta hissasini qo‘shib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Mino Rayola Milan shifoxonalaridan birida og‘ir ahvolda davolanayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter