Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol bo‘yicha jahon chempioni vafot etdi

Futbol bo‘yicha jahon chempioni vafot etdi

Foto: «Companynewshq.com»

«Tottenxem» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jimmi Grivz 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda London jamoasi saytida xabar berildi.

Sportchining o‘limi sabablari aytilmagan. Bayonotda futbolchining to‘rt farzandi, shuningdek, o‘nta nevarasi va chevarasi borligi qayd etilgan.

Grivz 1961-yildan 1970-yilgacha «Tottenxem»da o‘ynagan. U klub tarixida eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Hujumchi 379 uchrashuvda 266 ta gol urgan. «Shporlar»ning hozirgi sardori Xarri Keyn Grivzning eng yaqin ta’qibchisi hisoblanib, 341 o‘yinda 223 ta gol urdi.

«Tottenxem» bilan birgalikda forvard ikki marta Angliya kubogi va Superkubogini yutgan, shuningdek, UYeFA kubogi g‘oliblari kubogini qo‘lga kiritgan. Hujumchi faoliyati davomida «Chelsi», «Milan» va «Vest Xem» jamoalarida ham to‘p surgan.

1966-yilda Grivz Angliya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Umuman olganda, hujumchi terma jamoa libosida 57 o‘yinda 44 ta gol urgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring