Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parijga jo‘nab ketdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida Parijga kuzatib qo‘yildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan kuzatish marosimida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan milliy terma jamoadan munosib ishtirok kutilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonlik futbolchilar Olimpiya o‘yinlari doirasidagi ilk uchrashuvini 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi. Bungacha milliy terma jamoa Gvineya (15-iyul) va Yangi Zelandiya (18-iyul) bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi tarkibi e’lon qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter