Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol olamida katta mojaro chiqdi: YChL va YL yarim finallari o‘tkazilmasligi mumkin

Futbol olamida katta mojaro chiqdi: YChL va YL yarim finallari o‘tkazilmasligi mumkin

Yevropa futbolida shov-shuvli voqealar boshlandi. UEFA keskin choralarni boshladi: Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarining yarim finallari to‘xtatilishi mumkin.

Qolversa, UEFA bir qator superklublarni ichki va tashqi musobaqalardan chetlatishi kutilmoqda. Bu klublarning yulduz futbolchilari esa hatto terma jamoalarida o‘ynashdan ham mahrum etiladi.

Bunday keskin choralarga yaqinda e’lon qilingan yangilik sabab bo‘ldi.

Florentino Peres boshchiligida Yevropaning 12 klubi inqilob boshladi: yangi Superliga tuzilgani rasman e’lon qildi.

Ushbu klublar UYeFAning YeChLni tashkil etishidan qoniqmaganini aytib, yangi liga tuzilganini ma’lum qilishdi.

Yevropa Superligasida ishtirok etadigan klublar ham ma’lum: Ispaniyadan «Real» «Barselona», «Atletiko»; Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus»; Angliyadan «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem».

Germaniya va Fransiya klublari bu turnirni qo‘llab-quvvatlashmadi.

Superligaga Florentino Peres prezidentlik qiladi. Joel Gleyzer («MYu») va Andrea Anelli («Yuventus») unga o‘rinbosar bo‘ladi. Turnir avgust oyidanoq start olishi mumkin.

Bu musobaqa tashkil etiladigan bo‘lsa, uning o‘yinlaridan tushadigan foyda o‘zaro teng taqsimlanadi. Ya’ni, turnirda qatnashadigan har bir klub 350 million yevrodan olishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, UEFA, Ispaniya, Angliya, Italiya federatsiyalari allaqachon qo‘shma bayonot berishgan: inqilobchilarni muammolar kutmoqda.

«Yuqoridagi vakolatli organlar, shuningdek FIFA va bizning barcha a’zo uyushmalarimiz ushbu jirkanch loyihani to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizda birlashadilar», deyiladi bayonotda.

Shuningdek, UEFA yangi surerligada ishtirok etadigan har bir klubga nisbatan 50-60 milliard yevro miqdoridagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring