Futbol. O‘zbekiston OTJ guruhdagi ilk o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini Eronga qarshi kechgan qiyin bahs bilan boshladi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.
O‘yinning ilk daqiqalaridanoq Eron tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Lyubinko Drulovich shogirdlari esa asosan individual mahoratga asoslanib o‘ynashga intildi. Uchrashuv oxiriga qadar vaziyat deyarli o‘zgarmadi
Omad esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarafida bo‘ldi. Eronlik futbolchilar ba’zi vaziyatlarda hatto bo‘sh qolgan darvozaga to‘g‘ri zarba yo‘llay olmadilar. Gol esa Eron darvozasiga 39-daqiqada penaltidan kiritildi. Islom Qobilov aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi kichik hisobni ushlab qolishga intilayotgani ko‘rinib qoldi. Tashabbus to‘lig‘icha Eron tomonida bo‘ldi va yana bir qator qulay vaziyatlar boy berildi. Faqatgina 58-daqiqada Rizo Dehqoniy hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaziyatda himoya chizig‘i shunchaki tomoshabin vazifasini o‘tab berdi.
O‘tkazilgan goldan so‘ng O‘zbekiston OTJ futbolchilari biroz jonlandi. Ayniqsa oxirgi daqiqalarda hujumda faolroq o‘yin ko‘rsatildi. Ammo g‘alaba qozonish uchun aniq zarbalar kuzatilmadi va uchrashuv durang bilan yakuniga yetdi.
U-23
Osiyo chempionati
«S» guruhi, 1-tur
O‘zbekiston – Eron 1:1
Gollar: Islom Qobilov (p) 39 — Rizo Dehqoniy 58
O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 8.Nurillo To‘xtasinov (23.Oybek Bozorov, 66), 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov (17.Islom Kenjaboyev, 85).
Eron U-23: 1.Habib Farabbasi, 4.Mojtaba Najarian, 8.Mehdi Mehdixani, 9.Ollohyor Sayyadmanesh, 10.Rizo Shekari, 15.Rizo Dexqxoniy, 16.Muhammad Mohebbi (17.Ja’far Salmani, 84), 18.Ali Shojayi (11.Mehli Gayedi, 46), 19.Matin Karimzoda, 21.Omid Nurafkan, 23.Orif Og‘asi.
Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov 12, Orif Og‘asi 18.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter