Futbolchining qo‘lida feyerverk portlab ketdi — endi ko‘rmay qolishi xavfi bor
![Futbolchining qo‘lida feyerverk portlab ketdi — endi ko‘rmay qolishi xavfi bor](http://static.xabar.uz/crop/1/6/720_460_95_1689230052.jpg)
«Galatasaroy» himoyachisi va Norvegiya terma jamoasi sardori Umar Elabdellaui.
Turkiyaning «Galatasaroy» klubi himoyachisi va Norvegiya terma jamoasi sardori Umar Elabdellaui Yangi yilga o‘tar kechasi Istanbuldagi shifoxonaga keltirildi.
29 yoshli futbolchining qo‘lidagi feyerverk portlab ketib, u jiddiy jarohat olgan. Bu haqda «Goal.com» xabar berdi.
«Galatasaroy» klubi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, futbolchining hayoti uchun xavf yo‘q, biroq u ko‘rish qobiliyatidan ajralishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter