Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FutbolTV — shou-biznes kanaliga aylantirildi

FutbolTV — shou-biznes kanaliga aylantirildi

FutbolTV telekanali rebrending qilindi va endi u FTV deb nomlanadi.

1 dekabrdan boshlab ushbu telekanalda o‘zbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi top kliplar, sport, kino, ko‘ngil-ochar ko‘rsatuvlar, qaynoq xit parad va premeralar namoyish etiladi, deb xabar berildi telekanalning telegram sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda FutbolTV birorta futbol musobaqasi translyasiya huquqini sotib ololmadi. Shu paytgacha faqat o‘tgan mavsum o‘yinlari namoyish etib kelinayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring