Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gattuzo qayerga ketadi?

Gattuzo qayerga ketadi?

Foto: «Sportbox»

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bu mavsum tugagach, «Fiorentina»ni boshqarishi mumkin, yozmoqda «Football Italia».

43 yoshli murabbiyning vakillari «binafshalar» xo‘jayini Rokko Kommisso bilan muloqotlashishgan. Gattuzoning neapolliklar bilan shartnomasi muddati 2021-yil iyunida tugaydi.

Hozircha «Fiorentina» A Seriyada 25 ochko bilan 14-o‘rinda ketyapti. Solishtirish uchun: Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Jenoa» 27 ochko bilan bitta yuqori — 13-o‘rinda.

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi «Napoli» esa 6-o‘rinda — 44 ochko.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring