Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya U-17 terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi

Germaniya U-17 terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi

Indoneziyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Finalda Germaniya o‘smirlar va Fransiya U-17 terma jamoasi o‘rtasida kechgan o‘yinning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. «Lotereya»da esa omad nemislarga kulib boqdi va ular bu toifada ilk bor jahon chempioniga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Mali Argentinani yirik hisobda yenggan (3:0). O‘zbekiston U17 esa chorakfinalgacha yetib kelib, Fransiyaga mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

U17 JCh. Final
Germaniya U-17 — Fransiya U-17 2:2
Gollar: Branner (29), Darvix (51) — Buabre (53), Amugu (85).

Penaltilar seriyasi — 4:3.
2 dekabr. Surakarta. «Manahan»

Germaniya U-17 – Heyde, Odogu, Yelch, Hennig (Hervet, 88), Darvix (Kabar, 73), Yalchinkaya (Ramsak, 67), Harchui, Osave, Moreyra, Branner, Morstedt.

Fransiya U-17 – Cangui, Argni, Titi, Mepiyu, Sanda, Sadi, Buabre (Diallo, 90+4), Silla, Buneb, Amugu, Gomis, Lamburd (Tinkres, 90).

Ogohlantirishlar: Osave (45+5), Branner (48), Buabre (71), Harchui (90+6), Kabar (90+9).

Chetlatish: Osave (69).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring