Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoaxim Lyov O‘zbekistonda ish boshlashi mumkin. Lekin bu hammasi emas

Yoaxim Lyov O‘zbekistonda ish boshlashi mumkin. Lekin bu hammasi emas

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasining sobiq ustozi Yoaxim Lyov O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan aloqada bo‘lib turibdi

Biroq, gap bosh murabbiylik lavozimi haqida emas, balki terma jamoadagi maslahatchi lavozimi haqida ketmoqda. 

«Tomonlar o‘rtasida aloqa bor — Lyov hamkorlikka ochiq. Lekin uni bosh murabbiy etib tayinlash haqida hozircha gap yo‘q. O‘zbekiston unga terma jamoaning jahon chempionatiga tayyorgarligini nazorat qiluvchi maslahatchi vazifasini taklif qildi», — dedi mutaxassisga yaqin manba. 

«O‘FAda yagona pozitsiya yo‘q. Ayrim mutasaddilar Lyovni bosh murabbiylikka taklif qilishda turib olishmoqda, chunki terma jamoaga jahon chempionati uchun taniqli mutaxassis kerak, deb o‘ylashadi. Ammo federatsiyaning yana bir qismi Timur Kapadzeni olib qolish tarafdori — u terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan edi. Kapadzening o‘zi ham yordamchi bo‘lishni istamaydi, agar Lyov kelsa, u jamoani tark etishi mumkin», — deyiladi xabarda. 

Manbalarga ko‘ra, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda. Ayni paytda Lyovning terma jamoa qarorgohi ishidagi ishtiroki formati, uning vakolatlari va vazifalari muhokama qilinmoqda. Bunday qadam keyingi yillarda sezilarli darajada yaxshilangan va yangi bosqichga intilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun jiddiy turtki bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida g‘alaba qozongandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring