Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyalik 17 yoshli velopoygachini mashina bosib ketdi

Germaniyalik 17 yoshli velopoygachini mashina bosib ketdi

Foto: «Cycling Weekly»

Germaniyalik velopoygachi Yan Ridmann YTH natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda «Cycling Weekly» xabar bergan.

Portalning ma’lum qilishicha, hodisa 1-avgust kuni sodir bo‘lgan. Nyurnberg yaqinida mashg‘ulot vaqtida Ridmann mashina ostida qolib ketgan. Sportchi vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan. Lekin ko‘p o‘tmay hayotdan ko‘z yumgan. Poygachining o‘limiga bosh jarohati sabab bo‘lgani aytilmoqda. U endigina 17 yoshga to‘lgandi.

Ridmann «Team Auto Eder Bayern» (U19) jamoasining a’zosi hisoblangan. Rahbariyat va sportchilar poygachining oilasiga chuqur hamdardlik bildirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring