Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulruhbegim Tohirjonova AQShda yilning yaxshi ayol shaxmatchisi deb topildi

Gulruhbegim Tohirjonova AQShda yilning yaxshi ayol shaxmatchisi deb topildi

Asli o‘zbekistonlik, hozirda AQSh terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova mahalliy federatsiya tomonidan taqdirlandi.

«Mizzou Chess» jamoasi a’zosi bo‘lgan Gulruhbegim AQSh shaxmat federatsiyasi tomonidan 2023 yilning «Eng yaxshi ayol shaxmatchisi» deb topildi.

Qayd etilishicha, 24 yoshli xalqaro grossmeyster ayni paytda AQShda biznes boshqaruvi va menejment yo‘nalishida tahsil olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gulruhbegim Tohirjonova 2021 yildan buyon AQSh milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblangan, ammo o‘sha vaqtdagi rahbariyat bilan yuzaga kelgan nizo sabab u terma jamoamizni tark etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring