Gvardiola Gvardiol uchun qattiq kurashmoqda
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni o‘z jamoasiga keltirish uchun jiddiy bel bog‘lagan.
«RB Leypsig»ning 20 yoshli futbolchisini «Real Madrid» va «Chelsi (London) ham qo‘lga kiritish ilinjida.
Gvardiolaning ustunligi shuki, «Manchester Siti» unga deyarli familiyadosh futbolchini sotib olish uchun hammadan ko‘p — 130 mln yevro taklif qilyapti, 11-12 mln yevro maosh to‘lamoqchi. Qolaversa, to mavsum oxirigacha «Leypsig»da ijarada o‘ynab turishiga «shaharliklar» rozi.
«Real» va «Chelsi» esa yosh xorvat uchun 90 mln yevrodan ortig‘ini ravo ko‘rishmayapti.
Argentina-Xorvatiya yarimfinali (3:0)da Lionel Messi mana shu himoyachini dog‘da qoldirib, Alvaresni golli vaziyatga olib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter