Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi

Habib Nurmagomedov Toshkentda dabdabali kutib olindi

Foto: «Daryo»

MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov 20-noyabr, kuni Toshkentga yetib keldi, deb xabar berdi «Daryo».

23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga tashrif buyurdi. Uni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.

Ma’lumot uchun, 21-noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning o‘zi esa 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring