Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovga katta qarz yuklandi

Habib Nurmagomedovga katta qarz yuklandi

Foto: Topor telegram-kanali

Sobiq aralash jang ustasi Habib Nurmagomedovning soliq organlaridan 306 mln rubl (3 mln dollardan ziyod) qarzdorligi ma’lum qilindi

Rossiya federal soliq xizmati Nurmagomedovga aloqador tashkilotlarning hisob-raqamlarini blokladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sportdan ketganidan so‘ng, Habib Nurmagomedov ko‘plab kompaniyalarga asos solib, keyinchalik ularni do‘stlari va yaqinlari nomlariga rasmiylashtirgan.

Mash telegram-kanali yozishicha, ayni paytda Nurmagomedov Turkiyadagi mehmonxonalar va BAAdagi startaplarga sarmoya kiritmoqda. Habibning ayni shu faoliyati Rossiya FSX e’tiborini tortgan.

Nurmagomedov yengil vaznda uch marta UFC chempionlik kamarini himoya qilgan, 2020-yilda faoliyatiga yakun yasagan. Aralash janglardagi professional faoliyati davomida 29 jangda 29 marotaba g‘alaba qozongan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring