Habib Nurmagomedovga va’da qilingan pul berilmasligi mumkin
Konor Makgregorni mag‘lub etgan amaldagi chempion Habib Nurmagomedovga jang uchun kafolatlangan gonorar berilmasligi, u diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Bunga rossiyalik jahon chempionining jangdan keyingi mushtlashuvi sabab bo‘lgan. Habib referi jangni to‘xtatishi bilan oktagonni tark etib, muxlislar orasida mushtlashuv sodir etdi.
UFC prezidenti Dana Uayt Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) Habib Nurmagomedov uchun oldindan va’da qilingan va kafolatlangan 2 million AQSh dollari miqdoridagi gonorar chekini bermaganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Habib tomondagi bir necha murabbiylar ham mushtlashuvda ishtirok etgani uchun hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter