Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamyurtimiz Rimdagi tarixiy voqea guvohi bo‘ldi (video)

Hamyurtimiz Rimdagi tarixiy voqea guvohi bo‘ldi (video)

Foto: «Sport-Ekspress»

Kecha Yevropa chempionlar ligasining chorak finali doirasida Rimda dramatik o‘yin bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. «Barselona» dastlabki o‘yinda ishonchli g‘alaba (4:1)ga erishgandi, ammo «Roma» haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi va superkambek bilan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Xabar.uz» kolumnisti, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev Rimdagi «Stadio Olimpiko»da yuz bergan ushbu tarixiy voqeaning jonli guvohiga aylandi. U  «Roma» sardori — De Rossining penaltidan gol urgan vaziyatda tribunani videoga olgan va rimlik muxlislar bilan birgalikda golni nishonlagan. Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring