Hasanboy Do‘smatov yana yutqazib qo‘ydi

Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Pangalga qarshi ringga ko‘tarildi.
-52 kg vazn toifasida yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan jangda Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov mag‘lubiyatga uchradi va turnirni erta tark etdi.
2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida Hasanboy final jangida Amitga mag‘lub bo‘lgan va kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Bu safar nomdor bokschimiz medalsiz ortga qaytadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter