Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arzongayam yasash mumkin...»: Hindistonda Krishtianu Ronalduning haykalini o‘rnatishdi (foto)

«Arzongayam yasash mumkin...»: Hindistonda Krishtianu Ronalduning haykalini o‘rnatishdi (foto)

Foto: «Sport24»

Hindistonning Kalangut shahri (Goa shtati)da zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduning haykali o‘rnatildi. Bu haqda «Times of India» xabar berdi.

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya milliy jamoasi futbolchisi sharafiga o‘rnatilgan haykal tannarxi chamasi 15 ming yevro. Haykalning og‘irligi — 410 kg.

FOTO: TWITTER

Goa shtati vaziri Maykl Lobo tvitterda haykalning ikkita suratini joylab, shunday yozdi:

«Futbolga muhabbatimiz va yoshlarimizning iltimosidan kelib chiqib, yoshlarimizni futbolni yanada yuksakka ko‘tarishga ilhomlantirish uchun bog‘da Krishtianu Ronalduning haykalini o‘rnatdik».

Haykal bor joyda, albatta, tanqidlar ham bo‘ladi... Joyli aholining aksariyatiga Ronalduning haykali o‘rnatilgani yoqmadi. Hukumatimiz bironta hindistonlik sportchiga haykal qo‘ysayam bo‘lardi-ku, deyishmoqda tanqidchilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring