Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Holand mutlaq rekord o‘rnatdi

Holand mutlaq rekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» futbolchisi Erling Holand APLda joriy mavsumdagi 35-golini urdi.

Norvegiyalik hujumchi «Vest Xem» bilan qoldirilgan 28-turning uchrashuvida (3:0) bitta gol muallifi bo‘ldi.

Shu tarzda u bir mavsumda 34 martadan gol urgan angliyalik Endi Koul (1993/94 yil) va Alan Shirer (1994/95) rekordlarini ortda qoldirdi.

Holand bu natijasini yaxshilash imkoniga ega, shunki APLda yana bir nechta tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring